Yangiliklar

QTI TALABALARINING INNOVATSION LOYIHALARI RESPUBLIKA TANLOVIDA E’TIROF ETILDI

30.10.2026

ILM BILAN ERIŞILGAN YUTUQ

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoşlarning ilmiy salohiyatini namoyon etişi, yangi ğoyalar yaratişi va ularni amaliyotga tatbiq etişi uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunday imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yoşlarimiz öz bilim va izlanişlari bilan turli respublika va xalqaro tanlovlarda munosib natijalarga erişmoqda.

Qoraqalpoğiston tibbiyot institutining iqtidorli talabalari ham ana şunday yoşlar safida. Ular Xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi — “InnoWeek.uz–2026” doirasida taşkil etilgan “Eng yaxşi oliy ta’lim ixtiroçisi” respublika tanlovida faxrli 3-örinni qölga kiritdilar.

Tanlovda institut talabalari Kongratbayeva Nazokat va Usnatdinova Dilfuza özlarining innovatsion startap loyihalari bilan iştirok etdilar. Jumladan, Kongratbayeva Nazokat tomonidan taqdim etilgan “Rain Box”, Usnatdinova Dilfuza tomonidan işlab çiqilgan “Ekzoskelet” loyihalari hakamlar hay’ati e’tiborini qozondi.

Loyihalarni baholaş jarayonida ularning dolzarbligi, amaliy ahamiyati hamda innovatsion salohiyati alohida e’tirof etildi. Tanlov yakunlariga köra, har ikki talaba faxrli uçinçi öringa munosib körilib, 9 million sömdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Mazkur natija talabalarning izlanişlari, yangilik yaratişga bölgan intilişi va öz ğoyalarini amaliy loyiha darajasiga olib çiqiş yölidagi mehnatining munosib e’tirofidir.

Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti jamoasi talaba-yoşlarning ilmiy va innovatsion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularning salohiyatini röyobga çiqariş hamda yangi loyihalar ustida işlaşi uçun imkoniyatlarni kengaytirişga alohida e’tibor qaratadi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com