Yangiliklar

XALQARO HAMKORLIK AMALIYOTDA: XORIJIY OLIMLAR TALABALARIMIZGA MA’RUZA VA AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TMOQDA

22.10.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida Qozog‘iston Respublikasining nufuzli oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirokida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, S.J. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti Kimyo kafedrasi mudiri Diyas Mirzaqoja, M.A. Aytxo‘jin nomidagi Molekulyar biologiya va biokimyo instituti direktori Kamoliddin Sharipov, Genetika va fiziologiya instituti xodimi Gulnur Junusova, shuningdek, Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti o‘qituvchilari Kulayxon Bayjanova, Aygerim Djapparkulova va Saltanat Abdiashimova institut talabalariga dars mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqdalar.

Mashg‘ulotlar tibbiy kimyo, biologik kimyo, genetika, onkologiya, ichki kasalliklar va endokrinologiya fanlarini qamrab olib, 1–5-kurs talabalari uchun nazariy bilimlarni boyitish hamda xalqaro ilmiy tajriba bilan tanishish imkonini bermoqda.

Mazkur tashriflar xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish, zamonaviy tibbiy bilimlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com