Yangiliklar

TALABALAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA!

19.10.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlarning ta’lim olishi, yashash sharoitlari va ijtimoiy-maishiy masalalarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida uchrashuv nashkil etildi.

Yig‘ilishni dekan o‘rinbosari A. Menlimuratov olib bordi. Unda Q. Jarimbetov, tyutorlar, talaba-yoshlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Muhokamalar davomida talabalarni qiynayotgan masalalarni aniqlash, ularning takliflarini umumlashtirish, ta’lim sifati, talabalar turar joyi, kutubxona xizmatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy tadbirlardagi faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalar va institut rahbariyati o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud muammolarni hal etishda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com