Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash
Institutga og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishingiz mumkin. Har bir murojaat qonunda belgilangan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Murojaat yuborish kanallari
| Kanal | Manzil |
|---|---|
| Telefon | +998 55 110-84-32 |
| Ishonch telefoni | +998 55 110-84-36 |
| Elektron pochta | info@kkmi.uz |
| Pochta manzili | 230100, Nukus shahri, A. Dosnazarov ko‘chasi, 108-uy |
| Rektor qabuli | Chorshanba, 16:00–17:00 (rahbariyat qabul jadvali) |
| O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi | pm.gov.uz |
| Korrupsiya holatlari haqida xabar | Korrupsiya haqida xabar berish |
Rahbariyatning jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali
Rektor tomonidan 2026-yil 29-iyulda tasdiqlangan (01-10/22; IJRO.GOV.UZ hujjat kodi: XU23545116).
| № | F.I.Sh. | Lavozimi | Qabul kunlari | Qabul vaqti |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Xalimov Olimbay Ashirbayevich | Rektor | Chorshanba | 16:00–17:00 |
| 2 | Kurbanazarov Muratbay Kunnazarovich | O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor | Dushanba, Shanba | 16:00–17:00 |
| 3 | Ametov Ruslan Aybekovich | Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor | Seshanba | 16:00–17:00 |
| 4 | Xamidov Feruz Kosimovich | Davolash ishlari bo‘yicha prorektor | Juma | 16:00–17:00 |
| 5 | Aleuov Zayir Isakovich | Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor | Payshanba | 16:00–17:00 |
Qabul ma’muriy binoda tashkil etilgan «Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish xonasi»da o‘tkaziladi. Rahbar ishda bo‘lmagan vaqtda (majlis, xizmat safari va h.k.) qabul uning o‘rinbosari yoki bo‘lim vakili tomonidan rektor bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi
- Murojaatlar og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda bo‘lishi mumkin.
- Ro‘yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish yoki tekshirish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
- Murojaat ko‘rib chiqilishi natijasi haqida murojaat etuvchiga yozma yoki elektron shaklda xabar beriladi.
- Murojaatni ko‘rib chiqishda qonun talablari buzilgan deb hisoblasangiz, yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishingiz mumkin.
Me’yoriy asos
- O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni (11.09.2017 yildagi O‘RQ-445-son tahririda) — lex.uz
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi «Xalq bilan muloqot tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-51-son Farmoni
Ichki hujjatlar va chora-tadbirlar (2026-yil)
- Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi — rektor tomonidan 2026-yil 9-aprelda tasdiqlangan (01-10/6; IJRO.GOV.UZ: LH04803456). Asosiy bandlari:
- Murojaatlarni qonunda belgilangan muddatlardan kechiktirmasdan o‘rganib chiqish — doimiy
- Institut rahbarlari tomonidan shaxsiy va sayyor qabullarni tashkil etish — tasdiqlangan jadval asosida
- Mas’uliyatsizlik va sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik, takroriy murojaatlarning oldini olish — doimiy
- Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalaridan kelgan murojaatlarni hal etish darajasi va natijadorligini oshirish — doimiy
- Murojaatlar bilan ishlovchi xodimlarning malakasini uch yilda bir marta oshirish — Kadrlar bo‘limi
- Murojaatlarni ko‘rib chiqish holatini har haftaning juma kuni tahlil qilish va dushanba kuni ma’muriy kengashda muhokama qilish
- Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalarini muntazam tahlil qilish
- Murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlarni institut rasmiy veb-sayti va mahalliy OAVda muntazam yoritib borish
- Institutning 2026-yil 15-maydagi 89-son buyrug‘i — Prezidentning PF-51-son Farmoni ijrosi yuzasidan: murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha Ishchi guruh tashkil etildi, murojaatlarni muntazam tahlil qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi; har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 2-sanasiga qadar vazirlikka hisobot taqdim etiladi.
- Seminar (10.07.2026) — xodimlar uchun PF-51-son Farmon, Oliy Majlis Senati Kengashining 18.04.2026 dagi QQ-335-V-son qarori va 89-son buyruq mazmuni, O‘RQ-445-son Qonun talablari tushuntirildi.