Gidrotsefaliya mavzusida xalqaro mutaxassis ishtirokida ma’ruza o‘tkazildi
15.10.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida gidrotsefaliya diagnostikasi va zamonaviy davolash usullari mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy ma’ruza tashkil etildi.
Mazkur ma’ruzani Germaniyaning taniqli neyroxirurgi, gidrotsefaliya bo‘yicha xalqaro ekspert, professor, doktor Uwe Kehler olib bordi.
Tadbir davomida gidrotsefaliyaning zamonaviy diagnostikasi, jarrohlik davolash usullari, shunt tizimlari, klinik holatlarni baholash hamda xalqaro tajriba asosidagi yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar, klinik ordinatorlar, magistrantlar va professor-o‘qituvchilar mutaxassis bilan o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur uchrashuv xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tibbiyot sohasida ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda bo‘lajak shifokorlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.




