🎓 Ilmiy yutuq bilan tabriklaymiz!
23.01.2026 Поделиться
Joriy yilning 17-yanvar kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli bir martalik Ilmiy kengash majlisida Mavlyanov Sanjar Norbutayevich tomonidan 14.00.24 — Sud tibbiyoti ixtisosligi bo‘yicha «Mexanik travmalardan jabrlangan shaxslarda reproduktiv organlar tuzilmalari jarohatlarining sud tibbiy tavsifi» mavzusida yozilgan dissertatsiya ishi himoya qilindi.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya ishi 100 foizlik ovoz bilan qo‘llab-quvvatlanib, muallifga tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi.

Institut jamoasi nomidan Sanjar Mavlyanovni ushbu salmoqli ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz. Kelgusidagi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar, sog‘lik va yangi zafarlar tilaymiz!