Yangiliklar

Yoshlar ongida ogohlikni mustahkamlash

26.01.2026

Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ularni diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan ogoh etish maqsadida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIB Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi mutaxassislari To‘reshov Nurdawlet, Quwandikov Fayz, shuningdek Institut ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i Ajiev Adil ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.

Uchrashuv davomida diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri, radikallashuvning kelib chiqish sabablari, shuningdek missionerlik va prozelitizmning xavfli oqibatlari atroflicha tushuntirildi.

Shu bilan birga, tinchlik va osoyishtalikning bebaho ne’mat ekani, shukronalik tuyg‘usini mustahkamlash, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan nosog‘lom g‘oya va aqidalardan ogoh bo‘lish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mavzu doirasida real hayotiy voqealar asosida tayyorlangan videoroliklar namoyish etilib, talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi. Tadbir yoshlar ongida ogohlik, mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com