NAFAS YO‘LLARI KASALLIKLARI: ZAMONAVIY TASHXIS VA DAVOLASH USULLARI
09.10.2026 Поделиться
9-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori Atajan Karimovich Xamrayev ishtirokida professor-o‘qituvchilar hamda yuqori kurs talabalari uchun ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruza davomida nafas yo‘llari kasalliklarining tarqalishi va yuqish yo‘llari, shuningdek, sil (tuberkulyoz) kasalligining O‘zbekiston Respublikasi va dunyo aholisi orasida tarqalish holati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tuberkulyozni zamonaviy tashxislash usullari, davolashning yangi yondashuvlari hamda kasallikning oldini olish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ma’ruza professor-o‘qituvchilar va bo‘lajak shifokorlarning nafas yo‘llari kasalliklari, xususan, tuberkulyozni erta aniqlash, tashxislash va davolashga oid bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.



