Yangiliklar

BIRLAMCHI TIBBIY-SANITARIYA YORDAMI: DOLZARB MASALALAR VA YANGI ISLOHOTLAR

08.10.2026

8-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Asadov Damin Abduraximovich ishtirokida professor-o‘qituvchilar hamda yuqori kurs talabalari uchun ma’ruza tashkil etildi.

Ma’ruza davomida birlamchi bo‘g‘in faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan yangi islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv bo‘lajak shifokorlar va professor-o‘qituvchilar uchun sog‘liqni saqlash tizimidagi yangilanishlar bilan yaqindan tanishish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etishning muhim jihatlarini chuqurroq anglash hamda kasbiy bilimlarini boyitish imkonini berdi.

Bunday ma’ruzalar tibbiy ta’lim va amaliy sog‘liqni saqlash o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com