Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

03.02.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talabalar bilan ochiq muloqotga bag‘ishlangan “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda institut rahbariyati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda faol talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Institut rektori Olimbay Xalimov talabalarga chuqur bilim olish, kasbiy salohiyatni oshirish va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish borasida muhim tavsiyalar berdi. Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan masalalar, uchrayotgan muammolar yuzasidan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda institutda yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar alohida e’tirof etilib, mas’ul bo‘limlar tomonidan hisobotlar tinglandi. Ta’lim sifati, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom muhitni shakllantirish va korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida olib borilgan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida jamoatchilik ishlarida, ilm-fan va sport sohalarida yuqori natijalarga erishgan xodimlar hamda talabalar tantanali tarzda taqdirlandi.

Taqdirlangan xodim va talabalar ro‘yxati

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com