🏃 Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 8-mart munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkazildi
06.03.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari doirasida “Quvnoq startlar” bellashuvi tashkil etildi.
Musobaqani institut rektori O.A. Xalimov ochib berib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan samimiy tabrikladi hamda jamoaga sog‘lik, baxt-saodat va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Musobaqa davomida jamoalar turli sport shartlarida faol ishtirok etib, o‘zlarining chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi va sport mahoratini namoyon etdilar. Bellashuvlar ko‘tarinki kayfiyat, sog‘lom raqobat va do‘stona muhit ostida o‘tdi. Bu esa jamoa a’zolari o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
🥇 1-o‘rin — Administratsiya jamoasi
🥈 2-o‘rin — Ijtimoiy fanlar jamoasi
🥉 3-o‘rin — Anatomiya jamoasi
🥉 3-o‘rin — Gigiyena jamoasi
🏅 4-o‘rin — Jarrohlik jamoasi
Eslatib o‘tamiz, ballar teng bo‘lganligi sababli Anatomiya va Gigiyena jamoalari 3-o‘rinni egalladi.
👏 Barcha ishtirokchilarni samimiy qutlaymiz! Ularga mustahkam sog‘lik, yuqori kayfiyat hamda yangi sport va kasbiy yutuqlar tilaymiz.










✨ Institutimizda bayram kayfiyati davom etmoqda!