Yangiliklar

🌸 Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 8-mart bayrami keng nishonlandi

07.03.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ko‘tarinki ruhda bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni institut rektori Olimbay Xalimov ochib berib, institutda faoliyat olib borayotgan barcha ayol-qizlarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z tabrigida u ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ta’lim va tibbiyot sohasidagi fidokorona mehnati hamda yosh avlodni tarbiyalashdagi beqiyos hissasini alohida e’tirof etdi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan institutda tashkil etilgan “Quvnoq startlar” sport musobaqasida faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan jamoalar hamda o‘zining samarali va fidokorona mehnati bilan ajralib turgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar taqdirlandilar.

💐 Tadbir davomida ayol-qizlarga ehtirom ko‘rsatilib, jamoada samimiy va bayramona kayfiyat hukm surdi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com