Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam

12.03.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori Olimboy Xalimov hamda Webster University rektori Dr. Jean Paul van Marissing ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim va ilmiy sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda xalqaro ta’lim istiqbollari, qo‘shma akademik dasturlarni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, institut klinikasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim va tajribasini oshirish, professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini ta’minlash, qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda talabalarning xalqaro ta’lim dasturlarida ishtirokini kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Imzolangan memorandum Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida tayyorlanayotgan tibbiyot kadrlarining bilim va ko‘nikmalarini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishga, shuningdek, ularning global raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

Mazkur hamkorlik ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, zamonaviy ta’lim tajribalarini joriy etish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com