“Ayollar reproduktiv salomatligi: dolzarb muammolar va yechimlar”
06.05.2026 Поделиться
“Ayollar reproduktiv salomatligi: dolzarb muammolar va yechimlar”
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Ayollar reproduktiv salomatligi: dolzarb muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyani kirish so‘zi bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori O.Xalimov ochib berdi.
Mazkur konferensiyada olimlar, ilmiy izlanuvchilar hamda soha mutaxassislari ilmiy tadqiqotlarga asoslangan ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.


Mazkur konferensiyani o‘tkazishdan maqsad Orolbo‘yi hududidagi ayollarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga qaratilgan dolzarb muammolarni baholash, zamonaviy ilmiy-amaliy yondashuvlar va samarali yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimida profilaktika va davolash choralarini takomillashtirish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida reproduktiv salomatlik madaniyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.