YOSHLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN TADBIR
20.06.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar ishtirokida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasining oldini olish hamda yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Z. Aleuov ochib berdi hamda olib bordi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud tizimi vakillari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari H. Berdiklichev va A. Saparov, shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi sudyasi A. Shinibekov ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.
Mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni turli salbiy illatlardan asrash hamda qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.









