Qoraterangga sayohat
31.07.2026 Поделиться
30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan «Biz – bir Vatan farzandlarimiz» shiori ostida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talaba-yoshlari uchun Taxtako‘pir tumanida joylashgan Qorateran turistik joyiga madaniy dam olish sayohati tashkil etildi.
Bu sayohatning asosiy maqsadi talaba-yoshlar orasida do‘stlik, totuvlik va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, ularni Qoraqalpog‘istonning betakror tabiati va turistik salohiyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Safar davomida talabalar hududning tabiiy go‘zalligi, dam olish maskanlari va ekoturizm imkoniyatlari bilan tanishib, mazmunli vaqt o‘tkazdi.


