Inkluziv ta’lim — umumiy mas’uliyat
05.08.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «Ijtimoiy himoya koordinatori» A. Ismaylov tomonidan «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «Ijtimoiy himoya koordinatori» A. Ismaylov tomonidan «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda institutning dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi. Ishtirokchilarga ijtimoiy himoya sohasidagi dolzarb yangiliklar, amaldagi qonunchilik hujjatlari hamda nogironligi bo‘lgan talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida davra suhbati qatnashchilari mavzu yuzasidan atroflicha fikr almashib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdi.

