Yangiliklar

SPORT MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA

19.08.2026

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari davom etmoqda.

Avval o‘tkazilgan shaxmat va shashka musobaqalarining mantiqiy va intellektual bellashuvlari davomida talabalar o‘z bilim va strategik fikrlash qobiliyatlarini namoyon etgan bo‘lsa, navbatdagi bahslarda ishtirokchilar basketbol va stol tennisi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.

Sport musobaqalarida talabalar faol ishtirok etib, chaqqonlik, jamoaviy hamkorlik, tezkor qaror qabul qilish va sport mahoratini namoyon etdilar.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com