“ENG FAOL TYUTOR” TANLOVI
20.08.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida tyutorlar o‘rtasida “Eng faol tyutor” tanlovining fakultet bosqichi oktabr oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.
Tanlov quyidagi 3 ta nominatsiya bo‘yicha tashkil etiladi:
🔹 “Eng faol targ‘ibotchi tyutor”
🔹 “Eng faol kitobxon tyutor”
🔹 “Eng faol tashabbuskor tyutor”
📌 Hujjatlarni taqdim etish tartibi
Tanlovda ishtirok etuvchi tyutorlar hujjatlarini Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga belgilangan tartibda taqdim etadilar.
Ishtirokchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
📁 Tyutorning to‘liq professional portfoliosi – kasbiy faoliyati, amaliy, ijtimoiy va ma’naviy loyihalardagi ishtiroki, erishgan yutuqlari hamda sertifikatlari;
📄 Nominatsiya bo‘yicha tegishli hujjatlar – tanlovda ko‘rib chiqiladigan faoliyat va natijalarni tasdiqlovchi materiallar;
📸 Foto va video dalillar – tyutorning amaliy faoliyati, tadbirlari, treninglari va loyihalarini yorituvchi materiallar.
📌 Barcha hujjatlar elektron shaklda (PDF yoki ZIP formatida) yoki qog‘oz ko‘rinishida, to‘liq, sifatli va tartibli holda taqdim etilishi shart.
❗️Taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun ishtirokchi shaxsan javobgar hisoblanadi.
🏆 Faoliyatingizni namoyon eting, tashabbuslaringizni taqdim eting va “Eng faol tyutor” bo‘lish uchun o‘z imkoniyatingizni sinab ko‘ring!