«RAHBAR VA YOSHLAR» UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
09.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri M. Qurbanov hamda institut rektori O. Xalimov ishtirokida talaba-yoshlar bilan «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va mulohazalari bilan murojaat qilib, mas’ullar tomonidan tegishli fikr va tavsiyalar bildirildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning murojaat va takliflarini bevosita rahbarlarga yetkazish, ular bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



