Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga qaratilgan «Talaba yugur» yugurish marafonida faol ishtirok etdilar.
Marafon davomida institut talabalari yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda qatnashib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, faolligi va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdilar.
Mazkur tadbir yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, muntazam jismoniy mashg‘ulotlarga qiziqishni oshirish hamda sportning inson salomatligidagi muhim o‘rnini targ‘ib etishga xizmat qildi.