Yangiliklar

1-KURS TALABA-QIZLARI BILAN DASTLABKI UCHRASHUV

10.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Jienbaeva tomonidan 1-kurs talaba-qizlarining oliy ta’lim muhitiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida dastlabki tanishuv uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida talaba-qizlarga Xotin-qizlar maslahat kengashining faoliyat yo‘nalishlari, talaba-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, institut hayotida talaba-qizlarning faolligini oshirish, liderlik salohiyatini rivojlantirish, shaxsiy va kasbiy o‘sishi uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com