Yangiliklar

YOSHLAR TASHABBUSLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH — E’TIBOR MARKAZIDA

10.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A. Ismaylov tomonidan talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari, shuningdek, yoshlarning jamiyat va institut hayotidagi faolligini oshirish borasidagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning ta’lim olishi, o‘z qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishi, turli loyihalar, tanlovlar hamda tashabbuslarda faol ishtirok etishi uchun mavjud sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli ma’lumot va tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com