Yangiliklar

YOSHLAR TADBIRKORLIGI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

10.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki aksiyadorlik jamiyati rahbariyati vakillari va talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirni institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Kurbanazarov ochib berdi va olib bordi.

Ochiq muloqot davomida talaba-yoshlarga o‘zini o‘zi band qilish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, xususan, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bank tomonidan taqdim etilayotgan kreditlar, ularning shartlari hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Kredit olib, o‘z faoliyatini boshlagan yoshlar esa o‘z tajribalari va fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Uchrashuv yakunida talaba-yoshlarning tadbirkorlik va moliyaviy imkoniyatlarga oid savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com