Yangiliklar

KORRUPSIYAGA QARŞI KURAŞ — HAR BIRIMIZNING FUQAROLIK BURÇIMIZ

30.10.2026

Hurmatli talaba-yoşlar!

Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillariga jiddiy tahdid soladigan illatdir. U nafaqat davlat va jamiyat rivojiga, balki ta’lim sifati, yoşlarning kelajagi hamda insonlarning özaro işonçiga ham salbiy ta’sir körsatadi.

Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti jamoasi korrupsiyaning har qanday körinişiga nisbatan murosasiz munosabatda bölişni öz faoliyatining muhim tamoyillaridan biri deb biladi. Ta’lim jarayonida şaffoflik, xolislik, qonuniylik va akademik halollikni ta’minlaş barçamizning umumiy mas’uliyatimizdir.

Aziz talabalar!

Sizlardan öqiş jarayonida halollik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilişingizni sörayman. Imtihon va sinovlarda yuqori natijaga faqat bilim, mehnat va izlaniş orqali erişişga intiling. Baho, imtihon natijasi, davomat, stipendiya yoki boşqa ta’lim jarayonlariga oid masalalarda noqonuniy manfaat taklif qiliş, pul yoki boşqa moddiy boylik beriş hamda bunday holatlarga şerik bölişdan qat’iyan tiyiling.

Şuni unutmangki, pora beriş ham, pora oliş ham qonunga zid. Korrupsion holatlarga befarq qaraş esa bunday illatning davom etişiga zamin yaratişi mumkin.

Agar sizdan noqonuniy ravişda pul, sovğa yoki boşqa manfaat talab qilinsa yoxud korrupsiyaga oid holatlarga guvoh bölsangiz, bunday vaziyatni yaşirmasdan, belgilangan tartibda institut rahbariyatiga yoki vakolatli taşkilotlarga murojaat qilişingizni sörayman. Har bir murojaat qonunçilik doirasida körib çiqilişi lozim.

Biz kelajakda xalq salomatligi uçun mas’ul böladigan malakali şifokorlarni tayyorlayapmiz. Şifokor uçun kasbiy bilim qançalik muhim bölsa, halollik, vijdon, mas’uliyat va insoniylik fazilatlari ham şunçalik zarur. Bugun ta’lim jarayonida şakllangan halollik tamoyillari ertangi kasbiy faoliyatingizning mustahkam poydevori böladi.

Korrupsiyaga qarşi kuraş faqat rahbariyat yoki mas’ul xodimlarning emas, balki har birimizning vazifamizdir. Halollikni tanlaylik, adolatni qadrlaylik va korrupsiyaning har qanday körinişiga murosasiz munosabatda bölaylik!

Hurmat bilan,

Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti rektori
Olimboy Xalimov

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com