Yangiliklar

OLIY TA’LIM BITIRUVÇILARI SIFATI YANGI INDEKS ASOSIDA BAHOLANADI

31.10.2026

OLIY TA’LIM BITIRUVÇILARI SIFATI YANGI INDEKS ASOSIDA BAHOLANADI

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi **525-sonli “Oliy ta’lim taşkilotlari bitiruvçilari sifati indeksini joriy etiş töğrisida”**gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjat oliy ta’lim bitiruvçilarining mehnat bozoridagi natijadorligini baholaş va ta’lim taşkilotlari faoliyatini rağbatlantirişning yangi mexanizmini belgilaydi.

Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-oktabrdan boşlab “Bitiruvçi sifati indeksi” joriy etiladi. Uşbu indeks oliy ta’lim taşkiloti bitiruvçilarining mehnat bozoridagi natijalarini quyidagi asosiy körsatkiçlar orqali kompleks baholaydi:

🔹 iş bilan band böliş tezligi;

🔹 barqaror bandlik darajasi;

🔹 örtaça oylik daromad;

🔹 bandlik toifasi.

Indeks oliy ta’lim taşkilotlarini “amaliy fanlar”, “tibbiyot fanlari”, “ijtimoiy-gumanitar fanlar” hamda “ijod (sport)” toifalari böyiça alohida şakllantiriladi.

Qarorda belgilangan yana bir muhim jihat — har yili eng yuqori indeks körsatkiçlariga erişgan 20 ta oliy ta’lim taşkilotining Karyera markazlarini 500 million sömdan moliyaviy rağbatlantiriş mexanizmining joriy etilişidir.

Şuningdek, indeksni şakllantiriş uçun zarur ma’lumotlarni yiğiş, tekşiriş va tahlil qiliş jarayonlari davlat axborot tizimlari bilan integratsiyalaşgan avtomatlaştirilgan raqamli platforma orqali amalga oşiriladi.

Mazkur qaror oliy ta’lim taşkilotlari faoliyatida bitiruvçilar bandligiga e’tiborni kuçaytiriş, ta’lim va mehnat bozori örtasidagi uzviy boğliqlikni mustahkamlaş hamda bitiruvçilar uçun munosib iş örinlarini ta’minlaş borasidagi faoliyat samaradorligini baholaşga xizmat qiladi.

📎 Huquqiy asos: Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 525-son qarori.

🔗 Hujjatning töliq matni: https://lex.uz/docs/-8516621

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com