Korrupsiyaga qarshi immunitet yosh tanlamaydi

22.01.2026

👁 15 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i Qadirbay Jamalovning «Erkin Qaraqalpaqstan» gazetasida «Korrupsiyaga qarshi immunitet yosh tanlamasligi kerak» mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.

Maqolada BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, qonunchilik bazasi va davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari har tomonlama yoritilgan.

Shuningdek, muallif korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyatning barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning faol ishtiroki muhimligini ta’kidlab, halollik, adolat va huquqiy savodxonlikni talabalik davridan shakllantirish zarurligiga e’tibor qaratadi.