Akademik halollik

Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi

Akademik halollik

Institutda imtihonlar, yakuniy nazorat va baholash jarayonlarining shaffofligi rektorat va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi nazoratida.

2026-yilda amalga oshirilgan ishlar

  • 7-sentabrdan 7-oktabrgacha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarga Akademik halollik va Odob-axloq kodekslarining mazmuni tushuntirildi; uchrashuv, o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar o‘tkazildi.
  • Talabalar uchun «Yoshlarda halollikni shakllantirish», «Halollik darslarini o‘tish metodikasi», «Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli» mavzularida seminarlar o‘tkazildi.
  • Talabalar professor-o‘qituvchilar faoliyatini QR-kod orqali anonim baholashi uchun «Fidbek to‘plash» tizimi rejasi tasdiqlandi.
  • Ta’lim jarayoni, imtihonlar va xizmatlar bo‘yicha anonim elektron so‘rovnoma o‘tkazish rejalashtirildi.
Imtihon yoki baholash jarayonida tamagirlik holatiga duch kelsangiz, «1203» ishonch telefoni yoki @kkmi_antikorrupsiya_bot orqali xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanadi.

Hujjatlar

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com