Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot

Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi

Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot

2026-yilda institut binolarining kirish joylariga «1203» ishonch telefoni haqida bannerlar o‘rnatildi va targ‘ibot materiallari tayyorlandi.

Tadbirlar

  • 23-fevral: «Biz korrupsiyaga qarshimiz» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, Nukus tumanlararo ma’muriy sudi va prokuratura faxriylari jamiyati vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
  • 7-sentabr – 7-oktabr: professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar bilan Akademik halollik va Odob-axloq kodekslari bo‘yicha uchrashuv va seminarlar o‘tkazildi.
  • #STOP_KORRUPCIYA foto va video chellenji o‘tkazilmoqda.

Targ‘ibot materiallari

  • Moliyaviy huquqbuzarlik va yashirin iqtisodiyotga toqatsizlikni shakllantirishga qaratilgan videorolik, banner va plakatlar tayyorlandi.
  • Institut binolarining kirish joylariga «1203» qisqa raqamli ishonch telefoni haqida bannerlar o‘rnatildi.
  • Vazirlikning korrupsiyaga murosasizlik bo‘yicha qo‘llanmalari barcha xodimlarga tanishtirildi.

«Antikorrupsiya kovorking» markazi

Markaz faoliyati 26.05.2026 dagi 96-son buyruq bilan qayta tashkil etildi; uning samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari (KPI) va monitoring tizimi joriy qilindi.

Yangiliklar: t.me/anticorkkmi

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com