Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi
Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati
Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi 2021-yil avgustda tashkil etilgan va bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi.
Bo‘lim xodimlari
Bo‘lim boshlig‘i
Jamalov Qadirbay Kenesbaevich
Bosh mutaxassis
Ismailov Ernazar Dosmail uli
Manzil: Nukus shahri, A. Dosnazarov ko‘chasi, 108-uy.
Asosiy vazifalar
- Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish.
- «Korrupsiyasiz soha» loyihasi doirasidagi chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash.
- Korrupsiya xavfi yuqori yo‘nalishlarni, huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash.
- Korrupsiyaga qarshi monitoring va jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirish.
- Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni boshqarish.
2026-yildagi o‘zgarishlar
- Bo‘limning yangi nizomi tasdiqlandi (17.06.2026, 107-son buyruq).
- Bo‘lim xodimlari Odob-axloq komissiyasidan tashqari barcha komissiyalar tarkibidan chiqarildi.
- Ishdan bo‘shatilgan xodimni qayta ishga olishda bo‘lim xulosasini olish majburiy qilindi (09.10.2026, 191-son buyruq).