Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish

Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish

Institutda «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi 04.02.2026 dagi 17-son buyruq bilan tashkil etilgan.

2026-yilda amalga oshirilgan ishlar

  • Barcha xodimlarga Qonunning 8-moddasidagi cheklovlar va ma’muriy javobgarlik yuzasidan rasmiy ogohlantirish berildi (07.08.2026, 141-son buyruq).
  • Xodimlarning qonundagi cheklovlarga rioya etishi ustidan nazorat olib borilmoqda.
  • Professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilishda «inson omili»ni qisqartirish va tanlovlarni ochiq o‘tkazish bo‘yicha buyruq qabul qilindi.
  • Ishdan bo‘shatilgan xodimni qayta ishga olishda bo‘lim xulosasini olish majburiy qilindi (191-son buyruq).
  • Rahbarlar, komissiya a’zolari va moddiy javobgar xodimlardan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha deklaratsiya olish ishlari olib borilmoqda.

Hujjatlar

Korrupsiya holatlari haqida «1203» ishonch telefoni, bo‘lim telefoni +998 55 110-84-36, Telegram-bot @kkmi_antikorrupsiya_bot yoki kkmianticor@gmail.com orqali xabar berishingiz mumkin. Shaxsingiz sir saqlanadi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com