Korrupsiyaga qarshi monitoring va o‘rganishlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi

Korrupsiyaga qarshi monitoring va o‘rganishlar

2026-yilda korrupsiyaga qarshi qoidalar samaradorligini monitoring qilish tizimi joriy etildi (22.07.2026, 132-son buyruq).

2026-yilda o‘tkazilgan monitoring va o‘rganishlar

  • Anonim so‘rovnoma. Talabalar o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazildi; aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 09.10.2026 da chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
  • Davlat xaridlari. Davlat xaridlarida alohida nazorat tizimi joriy etildi (54-son buyruq); xaridlar bo‘yicha preventiv o‘rganishlar boshlandi (134-son buyruq). Xaridlar bo‘yicha har oy bo‘limga hisobot taqdim etiladi.
  • Anonim fidbek. Talabalar professor-o‘qituvchilar faoliyatini QR-kod orqali anonim baholashi uchun «Fidbek to‘plash» tizimi rejasi tasdiqlandi.
  • Antikorrupsiya monitoring guruhlari. Talabalar va jamoatchilik vakillari ishtirokidagi guruhlar faoliyat yuritmoqda.
  • Davlat xizmatlari. Rad etilgan arizalar o‘rganildi; asossiz rad etish holatlari aniqlanmadi.
  • Majlislar. Jo‘qorg‘i Kenges va Vazirlar Kengashi topshiriqlari ijrosi bo‘yicha majlislar o‘tkazilib, bayonlar rasmiylashtirildi (sentabr).

Monitoring va tekshiruv tartibini belgilovchi hujjatlar

Korrupsiya holatlari haqida «1203» ishonch telefoni, bo‘lim telefoni +998 55 110-84-36, Telegram-bot @kkmi_antikorrupsiya_bot yoki kkmianticor@gmail.com orqali xabar berishingiz mumkin. Shaxsingiz sir saqlanadi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com