«Payızlı kún» ko‘rsatuvida professor Melis Kabulov ishtirok etdi

13.08.2026

👁 12 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston telekanalining «Payızlı kún» ko‘rsatuvida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Xirurgiya va transplantologiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Melis Kabulov ishtirok etdi.

Ko‘rsatuv davomida tibbiyot sohasi mutaxassislari tomonidan xalqimiz salomatligini saqlash tizimida erishilayotgan yutuqlar hamda sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida fikrlar bildirildi.

📺 Syujetni Telegram kanalimizda tomosha qiling

Telegramda ko‘rish

Manba: Qoraqalpog‘iston telekanali