DIQQAT, TALABALAR, MAGISTRANTLAR, TADQIQOTÇILAR VA DOKTORANTLAR!
23.11.2026 ПоделитьсяQoraqalpoğiston tibbiyot instituti sizlarni «Konstitutsiya – inson qadri uluğlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!» mavzusidagi ilmiy maqolalar tanlovining içki bosqiçida faol iştirok etişga çorlaydi.
📚 Tanlovning maqsadi:
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat hamda inson qadrini uluğlaşga qaratilgan konstitutsiyaviy tamoyillarni keng tarğib etiş, talaba-yoşlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş.
📝 Maqolalar quyidagi yönalişlarda qabul qilinadi:
• Konstitutsiyada inson huquqlari va erkinliklari kafolatlari;
• Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati;
• Konstitutsiya va yoşlar siyosati;
• Konstitutsiya va ma’naviy qadriyatlar.
📅 Hujjatlarni qabul qiliş muddati:
2026-yil 23-noyabrdan 2-dekabrgaça.
📄 Maqolaga qöyiladigan asosiy talablar:
• IMRAD talablari asosida tayyorlanişi;
• Hajmi 5–6 bet;
• Microsoft Word (DOCX) formatida va qoğoz nusxada topşirilişi;
• Times New Roman, 14 şrift, qator oraliği 1,15;
• Ilmiy halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilinişi, plagiatga yöl qöyilmasligi.
📍 Maqolalar Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaş bölimiga belgilangan muddatlarda taqdim etilişi lozim.
📞 Mas’ul xodim:
A. Tleubergenova
Telefon: +998 97 355-19-72
