Öquv va öquv-uslubiy işlar
Pediatriya kafedrasi
Kafedrada öqitiladigan fanlar
| № | Fan | Ta’lim yönalişi va kurs |
|---|---|---|
| 1 | Pediatriya | 3-4-5-kurs «Pediatriya»; 3-4-kurs «Davolaş işi»; 3-kurs «Tibbiy-profilaktika işi»; 3-kurs «Tibbiy biologiya» |
| 2 | Bolalar kasalliklari propedevtikasi | 2-3-kurs «Pediatriya işi», «Davolaş işi» |
| 3 | Pediatriya. Tibbiy genetika | 3-4-kurs «Stomatologiya işi» |
| 4 | Pediatriya. Bolalar kasalliklarida xalq tabobati | 3-kurs «Xalq tabobati» |
| 5 | Pediatriyada hamşiralik işi | 3-kurs «Oliy hamşiralik işi» |
| 6 | T.F. Bola parvarişi | 2-kurs «Oliy hamşiralik işi»; 2-kurs «Pediatriya» |
| 7 | Tibbiyot kasbiga kiriş | 1-kurs «Pediatriya»; 1-kurs «Davolaş işi» |
| 8 | Ambulator-poliklinik pediatriya | 6-kurs «Pediatriya»; 6-kurs «Davolaş işi» |
Öquv jarayonining taşkil etilişi
Talabalarning ta’lim sifatini oşiriş maqsadida öquv jarayoni Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida olib boriladi. «Pediatriya», «Bolalar kasalliklari propedevtikasi», «Ambulator-poliklinik pediatriya» va «Pediatriyada hamşiralik işi» fanlari böyiça ma’ruzalar qoraqalpoq, özbek va rus tillarida tayyorlangan, har bir ma’ruza uçun test töplamlari işlab çiqilgan.
Öqitiş quyidagi tasdiqlangan hujjatlar asosida amalga oşiriladi:
- Davlat ta’lim standarti;
- Öquv rejasi;
- Ta’lim işçi dasturi.
Klinik bazalar va jihozlaniş
Kafedra Respublika bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Bolalar mintaqaviy tibbiy reabilitatsiya markazida joylaşgan bölib, unda nazariy va amaliy maşğulotlar hamda öquv hujjatlari bilan işlaş amalga oşiriladi.
Institut rahbariyati va tibbiyot muassasalari boş şifokorlari örtasida tuzilgan şartnomalarga muvofiq, markazlarning nevrologiya, pulmonologiya, kardiologiya, gematologiya, travmatologiya va fizioterapiya bölimlarida pediatriya, davolaş işi, stomatologiya, tibbiy biologiya, xalq tabobati va tibbiy profilaktika fakultetlarining I–VI kurs talabalari bemorlarni subyektiv va obyektiv tekşiriş, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya, şuningdek, bemorlarni taşxislaş va davolaşda faol iştirok etib, klinik könikmalarni özlaştirmoqda.
Barça texnik vositalar öquv maşğulotlari va ma’ruzalarda faol qöllanilib, raqamli texnologiyalardan ta’lim faoliyatida samarali foydalaniş imkonini beradi.
Darsliklar tarjimasi
Kafedra darsliklarni tarjima qilişda ham faol iştirok etmoqda. Kafedra tomonidan S.A. Raximov va A.R. Isroilov muallifligidagi «Gospital pediatriya» darsligi qoraqalpoq tiliga tarjima qilindi.
Fotolavhalar



