2-tibbiyot fakulteti kafedralari

Tibbiy biologiya va mikrobiologiya kafedrasi tarixi

1991-yildan buyon

Kafedraning taşkil topişi

Mikrobiologiya kafedrasi 1991-yilda «Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya» nomi bilan taşkil etilgan. Kafedraning asosçisi va birinçi mudiri Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor Çardjou Abdiroviç Abdirov bölgan. Akademik Ç.A. Abdirov 1991–1997-yillarda kafedraga rahbarlik qildi. Bu davrda u kafedraning ilmiy salohiyatini oşirişga, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga, talabalarni öquv adabiyotlari bilan taʼminlaşga hamda talabalarning mikrobiologiya böyiça amaliy könikmalarni egallaş darajasini oşirişga alohida eʼtibor qaratdi. Kafedra bazasida «Mikrobiologiya» öquv laboratoriyasi taşkil etildi va amaliy maşğulotlarni talab darajasida ötkaziş uçun zarur şart-şaroitlar yaratildi.

2000-yilda kafedra tarkibi qayta körib çiqildi va gigiyena kafedrasi bilan birlaştirilib, 2006-yilga qadar «Mikrobiologiya, umumiy va ijtimoiy gigiyena, soğliqni saqlaşni taşkil etiş» kafedrasi sifatida faoliyat yuritdi. 2006–2007-öquv yilida institut kafedralarini qayta taşkil etiş va tibbiy-biologik fanlarni jamlaş maqsadida kafedra 2007–2014-yillarda «Tibbiy biologiya, mikrobiologiya va genetika» kafedrasi, 2014–2019-yillarda «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi, 2020-yildan bugungi kunga qadar esa «Tibbiy biologiya va mikrobiologiya» kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.

Abdirov Ç.A.
Abdirov Ç.A.1933–1997
Kenjebaev A.Ya.
Kenjebaev A.Ya.1945–2002
Fazilbekov A.N.
Fazilbekov A.N.1950–2000

Kafedra rahbarlari

  • 1991–1997 akademik, t.f.d., professor Abdirov Ç.A.
  • 1997–2003 t.f.d., professor Kenjebaev A.Ya.
  • 2003–2007 b.f.n., professor Konstantinova L.G.
  • 2007 – h.v. b.f.n., dotsent Narimbetova R.J.

Kafedra nomlari

  • 1991–2000 Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya
  • 2000–2006 Mikrobiologiya, umumiy va ijtimoiy gigiyena, soğliqni saqlaşni taşkil etiş
  • 2007–2014 Tibbiy biologiya, mikrobiologiya va genetika
  • 2014–2019 Tibbiy biologiya va gistologiya
  • 2020 – h.v. Tibbiy biologiya va mikrobiologiya

Kafedra jamoasi

1997–2003-yillarda tibbiyot fanlari doktori, professor Kenjebaev A.Ya., 2003–2007-yillarda biologiya fanlari nomzodi, professor Konstantinova L.G. kafedraga muvaffaqiyatli rahbarlik qildi. Bu davrda kafedraning ilmiy salohiyati oşdi, bir qator ilmiy işlar naşr etildi. 2007-yildan buyon kafedraga biologiya fanlari nomzodi, dotsent Narimbetova R.J. rahbarlik qilib kelmoqda.

Konstantinova L.G.
Konstantinova L.G.1938–2026
Ubaydullaeva A.K.
Ubaydullaeva A.K.
Adilxanova A.N.
Adilxanova A.N.

Kafedrada yuqori malakali mutaxassislar jamoasi şakllandi. Kafedraning birinçi öqituvçilari – tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Fazilbekov A.N., biologiya fanlari nomzodi, dotsent Ubaydullaeva A.K., tibbiyot fanlari nomzodlari Qurbanov A.B., Saylanova D.K., Adilxanova A.N., şuningdek, Şelepova O.G. samarali faoliyat olib bordi. 20 yildan ortiq vaqt davomida tajribali öqituvçilardan biologiya fanlari nomzodi Karajanova T.Dj. va Ibragimov M.Yu. mehnat qilib kelmoqda.

Bugungi kunda kafedrada tajribali pedagoglar bilan bir qatorda bilimli, zukko, ilmga intiluvçan yoş kadrlar faoliyat yuritmoqda. Xususan, Abzatdinova R.K., Dauletnazarova G.R., Kalmurzaeva G.O., Ibragimova R.M., Kudiyarov S.A. talabalarga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida nazariy va amaliy bilimlarni örgatib kelmoqda.

Öquv jarayoni

Kafedrada «Tibbiy biologiya. Umumiy genetika», «Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya» va «Molekulyar genetika» modullari öqitiladi. Öquv jarayoni qoraqalpoq, özbek va rus tillarida olib boriladi. Talabalar «Tibbiy biologiya» hamda «Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya» modullari böyiça amaliy könikmalarni çuqur özlaştirişi uçun «Biologiya» va «Mikrobiologiya» öquv laboratoriyalari taşkil etilgan. Laboratoriyalar eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.

Kafedrada öquv jarayoni metodik jihatdan ham töliq taʼminlangan. Söngi 10 yilda kafedra professor-öqituvçilari tomonidan 3 tilda 30 dan ortiq öquv-metodik qöllanmalar, darsliklar va öquv qöllanmalari naşr etilib, öquv jarayoniga joriy qilindi.

Ilmiy faoliyat va hamkorlik

6nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan
2DSc dissertatsiyasi ustida iş olib borilmoqda
3PhD dissertatsiyasi ustida iş olib borilmoqda
30+öquv-metodik qöllanma va darslik (söngi 10 yilda)

Kafedrada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Professor-öqituvçilar pedagogik faoliyat bilan bir qatorda ilm bilan ham şuğullanib kelmoqda. Ilmiy işlar quyidagi yönalişlarda olib borilmoqda:

  • ekologik noqulay şaroitda yaşovçi bolalarning normal mikroflorasini örganiş;
  • sut-kislotali bakteriyalarning mahalliy ştammlaridan sut-qatiq mahsulotlarini tayyorlaş;
  • maktabgaça yoşdagi bolalar örtasida gelmintozlar bilan kasallaniş darajasini örganiş;
  • Qoraqalpoğistondagi dorivor ösimliklar resurslarini örganiş.

Köp yillik tadqiqotlar natijasida kafedra professor-öqituvçilari tomonidan yangi faol Bifidobacterium bifidum KK ştammi ajratib olindi va uning asosida bolalardagi içak disbiotik özgarişlarini korreksiyalaşda qöllaniladigan «Bifilin KK» preparati işlab çiqildi.

Kafedra Özbekiston Respublikasidagi yetakçi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar, şuningdek, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetining Tibbiy biologiya va Mikrobiologiya kafedralari bilan fan va taʼlim sohasida hamkorlik qilib kelmoqda.

Tibbiy biologiya va mikrobiologiya kafedrasi jamoasi
Kafedra jamoasi

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com