2-tibbiyot fakulteti kafedralari

Kafedra tarixi

1992-yildan buyon

Kafedra nomlari va rahbarlari

  • 1992 — «Umumiy va ijtimoiy gigiyena, soğliqni saqlaşni taşkil etiş» kafedrasi t.f.n. T.M. Tleumuratov rahbarligida taşkil etildi.
  • 1995 — «Mikrobiologiya va immunologiya» kafedrasi bilan birlaşib, «Mikrobiologiya, umumiy va ijtimoiy gigiyena, soğliqni saqlaşni taşkil etiş» kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritdi.
  • 1997 — Kafedrani t.f.d., professor A.Ya. Kenjebayev boşqardi.
  • 2006–2007 — «Umumiy va ijtimoiy gigiyena, JSST, bolalar va ösmirlar gigiyenasi, tibbiyot sotsiologiyasi, tibbiyot tarixi va valeologiya» kafedrasi etib qayta taşkil etildi. Kafedrani t.f.n., Qoraqalpoğiston Respublikasi boş davlat sanitariya vraçi A. Madreimov boşqardi.
  • 2008 — Kafedra «Gigiyena, marketing va menejment» deb ataldi.
  • 2012–2013 — «Gigiyena va epidemiologiya» kafedrasi.
  • 2014 — «Gigiyena va epidemiologiya» kafedrasi tarkibidan «Umumiy gigiyena» kafedrasi ajralib çiqdi (2014-yil 30-avgustdagi 1-sonli Ilmiy kengaş qarori bilan filial kafedralari tarkibi optimallaştirildi).
  • 2023 — Koryo universiteti bilan «Atrof-muhit va salomatlik» loyihasi munosabati bilan kafedra «Gigiyena va atrof-muhit» deb qayta nomlandi.
  • 2024-yil sentyabr — Kafedra Epidemiologiya kafedrasi bilan qöşilib, «Gigiyena va atrof-muhit, epidemiologiya» kafedrasi etib qayta tuzildi. Kafedraga t.f.n. V.K. Absattarova rahbarlik qilmoqda.

Ilmiy meros

Kafedra faoliyatining turli yillarida professor A.Ya. Kenjebayevning «Ustyurt öçoği», «Qizilqum öçoği», «Qoraqalpoğiston Respublikasida vabo profilaktikasi muammolari», T.I. Ismaylovning «Qoraqalpoğiston Respublikasida soğliqni saqlaş tizimining rivojlanişi», professor B. Jollibekovning «Janubiy Orolböyi tuproq qoplami va landşaftlarining antropogen ta’sir tufayli özgarişi» monografiyalari çop etilgan.

Özbekiston Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti bilan hamkorlikda «Qoraqalpoğiston Respublikasida suvdan foydalanişning eng muhim muammolari va içimlik suvi sifati» hamda «Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkir içak infeksiyalarining tarqalganligi tahlili» nomli metodik işlanmalar naşr etilgan.

2009-yil dekabrda kafedra mudiri A. Madreimov «Orolböyi şaroitida ötkir diareya kasalliklarini kamaytirişning epidemiologik jihatlari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Şu yillarda assistentlar G. Niyazova va V. Absattarova nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladi.

7monografiya
150+ilmiy maqola
20uslubiy körsatma

Kafedraning ilmiy xulosalari Qoraqalpoğiston Respublikasi soğliqni saqlaş amaliyotiga joriy etib kelinmoqda.

Hamkor taşkilotlar

Kafedra Soğliqni saqlaş vazirligi, Suv muammolari instituti, Qoraqalpoğiston klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi hamda tibbiyot kollejlari mutaxassislari bilan hamkorlikda iş olib bormoqda.

Bugungi kun

Bugungi kunda kafedrada kafedra mudiri V.K. Absattarova, professor A.M. Madreimov, Vena universiteti (Avstriya) professori Hans Moshammer, dotsent D.O. Ataxanova, PhD K.K. Daulbayeva va assistentlar S.K. Koyanbayeva, T.A. Kalliyeva, N.T. Qurboniyozov, M.O. Zaydullayeva, A.T. Orazimbetova, S.J. Kadirbergenova, G.A. Seyfullayeva, F.M. Umbetov, A.J. Şaniyazov talabalarga ta’lim-tarbiya bermoqda.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com