Talabalar ilmiy tögaragi
Akuşerlik, ginekologiya va neonatologiya kafedrasi
Tögaraklar faoliyati
2024–2025-öquv yilida kafedra mudiri, t.f.n. S.K. Bazarova taşabbusi bilan klinik fanlar yönalişi böyiça talabalarning ilmiy tögaraklari taşkil etildi. Tögaraklarda 50 ga yaqin talaba iştirok etmoqda.
Tögaraklardan IQ-test asosida iqtidorli talabalar tanlab olinadi. Ular maşğulotlardan taşqari yil davomida ilmiy izlaniş va ilmiy tadqiqot asoslari bilan tanişib boradi. Har bir iqtidorli talaba uçun ilmiy rahbar biriktiriladi.
«NeoMed» tögaragi rejasi
Tögarak faoliyati 2024–2025-öquv yili uçun işlab çiqilgan reja asosida olib boriladi. Asosiy vazifalar:
- kafedraning ilmiy yönalişlarini işlab çiqişda talabalarning iştirokini ta’minlaş;
- nazariy bilimlarni amalda qöllaş qobiliyatini rivojlantiriş;
- bölajak neonatologlarning dunyoqaraşi va ilmiy bilimlarini kengaytiriş;
- ilmiy munozaralar ötkaziş könikmasini rivojlantiriş.
Tematik rejadagi mavzular böyiça seminarlar ötkazildi. Bunda neonatologiyaning innovatsion yutuqlari, zamonaviy davolaş va diagnostika usullariga alohida e’tibor qaratildi, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Talabalar bilan hamkorlikdagi ilmiy işlar
Tögarak faoliyatining muhim yönalişlaridan biri talabalar bilan birgalikda ilmiy işlar olib borişdir. Tögarak a’zosi Zumrad Abubakirova bilan hamkorlikda bir qator maqola va tezislar xalqaro ilmiy jurnallarda naşr etildi, jumladan:
- «The role of nutritional support for premature newborns – analysis of various feeding schemes and their effectiveness»;
- «Связь между тяжестью гемолитической болезни новорожденных и риском развития гипоксически-ишемической энцефалопатии или других неврологических нарушений у новорожденных в регионах Приаралья»;
- «Мочекаменная болезнь в регионах Приаралья среди взрослых: эпидемиологические особенности, факторы риска и связь с качеством источников питьевой воды»;
- «Влияние экологической ситуации в Приаралье на заболеваемость респираторными заболеваниями».
Pediatriya işi fakulteti 5-kurs talabasi Lolaxon Sultanova bilan birgalikda «HROQ va muddatidan oldin tuğilişning etiologik jihatlari» mavzusida ilmiy maqola tayyorlandi.
Olimpiada va konferensiyalardagi yutuqlar
Simulyatsiya markaziga press-tur
Yangi Özbekistonni rivojlantiriş strategiyasining 7 ta asosiy yönalişidan kelib çiqib tasdiqlangan 2025-yil birinçi çoragi Media-rejasiga köra, 2025-yil 24-yanvar kuni Qoraqalpoğiston tibbiyot institutining zamonaviy va innovatsion usullarga asoslangan simulyatsiya markaziga press-tur taşkil etildi. Tadbirda 10 dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar iştirok etib, institutning yuqori malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaş imkoniyatlari bilan tanişdi.
Fotolavhalar








