ZÖRAVONLIKKA “YÖQ” DEYMIZ!
28.11.2026 ПоделитьсяQoraqalpoğiston tibbiyot institutida “Gender zöravonligiga qarşi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi doirasida talaba-yoşlar iştirokida ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirni institutning xotin-qizlar masalalari böyiça rektor maslahatçisi Z. Erimbetova olib bordi.
Tadbirda 25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş xalqaro kunidan 10-dekabr — Inson huquqlari kunigaça davom etadigan mazkur kampaniyaning maqsad va vazifalari haqida söz yuritildi. Şuningdek, xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikning turlari, uning oldini oliş, oilada va jamiyatda özaro hurmat muhitini mustahkamlaş hamda qiyin vaziyatga tuşib qolganda qayerga murojaat qiliş mumkinligi yuzasidan atroflicha tuşuntirişlar berildi.
Tadbir talaba-yoşlarning huquqiy ongini oşiriş va zöravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişga xizmat qildi.



