
Yangi o‘quv yiliga mazmunli start!
08.09.2025 Поделиться
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan:
🔹 1-bosqich talabalari uchun darslar – 2025-yil 3-sentyabrdan,
🔹 2- va undan yuqori bosqichlar uchun esa – 8-sentyabrdan boshlandi.
Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida yangi o‘quv yilini boshlagan yuqori bosqichlarining talabalari uchun “Mustaqillik darslari – Vatan, millat va xalq uchun!” shiori ostida mashg‘ulotlar katta auditoriyalarda tashkil etildi.
📚 Ushbu darslar nafaqat bilim manbai, balki yuksak qadriyat va ma’naviyat saboqlari bo‘lib, talabalarda:
✨ Vatanga sadoqat,
✨ Xalqparvarlik,
✨ Kelajakka ishonch tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan mazkur darslar yoshlar qalbida milliy g‘ururni yanada yuksaltirib, ularni kelajakda yurt ravnaqi uchun fidoyi, mas’uliyatli va yetuk mutaxassis bo‘lib voyaga yetishlariga mustahkam zamin yaratmoqda.




