“Qalqon” guruhlari hamkorligi — yoshlar huquqiy madaniyati yo‘lida yangi bosqich
11-sentyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti o‘rtasida muhim qadam qo‘yildi – talaba-yoshlarni ma’naviy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Qalqon» guruhlari hamkorlik memorandumiga imzo chekdi.
Tadbirda profilaktika inspektorlari, Yoshlar ittifoqi yetakchilari hamda «Qalqon» guruhlari a’zolari ishtirok etib, yoshlarni salbiy oqimlardan himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.


Memorandumning asosiy maqsadi:
• ikki oliy o‘quv yurti «Qalqon» guruhlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
• profilaktika va huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;
• yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhit va ijtimoiy faollikni oshirish.
Uchrashuv yakunida kelgusida muntazam ravishda qo‘shma tadbirlar, davra suhbatlari va ma’rifiy uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bu hamkorlik nafaqat «Qalqon» guruhlari uchun, balki barcha talaba-yoshlar uchun





