“MedQuiz” – Zakovat intellektual o‘yini
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, do‘stona muhit yaratish, aqliy salohiyatini oshirish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “MedQuiz” Zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi.
✨ O‘yinda institut talaba-yoshlaridan tashkil topgan 14 ta jamoa ishtirok etdi. Bellashuv davomida:
- tibbiyot fanlariga oid qiziqarli savol-javoblar,
 - tezkor fikrlash talab qiluvchi topshiriqlar,
 - bilim va zukkolikni sinovdan o‘tkazuvchi savollar berildi.
 
🔝 Jamoalar o‘z bilim va zakovatini namoyon qilib, qiziqarli va raqobatlarga boy muhitda bahslashdilar. Har bir jamoa o‘zining to‘plagan ballari bilan tanishishlari mumkun.
📌 “MedQuiz” nafaqat bilim sinovi, balki talabalarning bir-biridan o‘rganishi, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashi va intellektual salohiyatini oshirish uchun muhim maydon bo‘ldi.





