Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda talabalar va xodimlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarida yong‘in, tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda holatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri qaror qabul qilish, xavfsiz evakuatsiya qilish va hayotni asrash bo‘yicha amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
O‘quv mashg‘ulotida institut profilaktika inspektori, tegishli bo‘lim boshliqlari, tyutorlar va talabalar faol ishtirok etib, vaziyatlarni inobatga olgan holda interfaol usullarda amaliy mashqlarni bajardilar.
✅ Mashg‘ulot davomida:
- yong‘in sodir bo‘lganda evakuatsiya qilish tartibi;
 - talabalarning o‘zaro hamkorlikda xavfsiz harakatlanishi;
 - kuz-qish mavsumida yuz berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralar amalda sinovdan o‘tkazildi.
 
Ushbu mashg‘ulot institut jamoasining favqulodda vaziyatlarga tayyorligini oshirish, xavfsizlik madaniyatini mustahkamlash hamda talabalar o‘rtasida mas’uliyat va hushyorlikni shakllantirishga xizmat qiladi.







