MADANIY MARIFIY TADBIRLAR

Qo‘shimcha qabul parametrlari bo‘yicha uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2025-yil 20-sentabrdagi 79-5-son bayoniga asosan, doimiy yashash manzili va bitirgan ta’lim muassasasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lgan, ammo 2025/2026-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

Qo‘shimcha qabul parametrlari (to‘lov-kontrakt) doirasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutiga 200 dan ortiq yoshlar talabalikka tavsiya etildi.

Bugun Institutning 1 va 2-fakultet dekanlari ushbu qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida dekanlar:
🔘Hurmatli Prezidentimiz tomonidan qoraqalpog‘istonlik yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritdilar;
🔘Aynan bugun talabalikka qabul qilingan yoshlar ham shu imkoniyatlarning yorqin samarasidir, deya ta’kidladilar.

Shundan so‘ng talabalar institut hududi bilan yaqindan tanishtirildi.

Ushbu qaror yoshlarimiz uchun yangi istiqbollar eshigini ochmoqda. Bu esa bilimli, malakali va vatanparvar kadrlar safini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com