Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi!
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida yoshlar, o‘rta va katta avlod vakillarini bir davraga jamlagan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning maqsadi — avlodlar o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash, an’analarni davom ettirish, tajriba almashish hamda yoshlar qalbida Vatanga sadoqat va mehnatsevarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda ishtirokchilar o‘z fikr va qarashlarini erkin ifoda etib, hayotiy tajriba va saboqlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbirda:
- Dilbar Ataxanova – “Vatan fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibasi, Gigiena va atrof-muhit, epidemiologiya kafedrasi o‘qituvchisi;
 - Turdigul Pirniyazova – “O‘zbek tili, tillar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi;
 - Seytniyazova Guljahan – Qoraqalpoq davlat universiteti Falsafa fanlari doktori (PhD) ishtirok etishdi.
 
Tadbir davomida samimiy suhbatlar, hayotiy misollar va yoshlar uchun ibratli fikrlar yangradi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar tafakkurini boyitish, avlodlar o‘rtasidagi birdamlik va ma’naviy uzviylikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



