“Indonesia AID Scholarship” (TIAS) 2026-yil stipendiyasini qo‘lga kiriting
04.04.2026 Поделиться
“Indonesia AID Scholarship” (TIAS) 2026-yil stipendiyasini qo‘lga kiriting
Indoneziya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Indonesia AID Scholarship” (TIAS) 2026-yil stipendiyasi doirasida talabalar va tadqiqotchilar Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🎓 Stipendiya quyidagi xarajatlarni qoplaydi:
- O‘qish to‘lovi
- Yashash xarajatlari
- Tadqiqot ishlari
- O‘quv adabiyotlari
- Tibbiy sug‘urta
- Ilmiy maqolalarni chop etish xarajatlari
- Xalqaro aviachipta (viza xarajatlari bilan birga)
- Universitetgacha transport xarajatlari
📅 Hujjatlar qabul qilish muddati: 17-aprel 2026-yilga qadar.
✈️ Tanlab olingan stipendiatlar 20–31-avgust kunlari oralig‘ida Indoneziyaga yetib borishlari lozim.
📩 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Indoneziyaning Toshkentdagi Elchixonasi birinchi kotibi
Sintiа S. Saeh Email:pensosbud.tashkent@kemlu.go.id
Dasturda ishtirok etishga qiziqayotgan talabalar va xodimlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.