Yangiliklar

INNOVATSION G‘OYALAR BELLASHUVIDA G‘OLIBLAR ANIQLANDI

05.10.2026

BIR IXTIRO TARIXI

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Xotin-qizlar kengashi tomonidan talaba-qizlarning IT, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion g‘oyalar sohasidagi salohiyatini namoyon etish, ularning texnologik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda talaba-qizlar dasturiy ta’minot, mobil ilovalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli ta’lim, avtomatlashtirilgan tizimlar hamda aqlli qurilmalar yo‘nalishlarida tayyorlagan loyihalari bilan ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etib, ularning mazmuni, amaliy ahamiyati va qo‘llash imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, 3-bosqich talabasi Kongratbaeva Nazokat — 1-o‘rin, 2-bosqich talabasiUsnatdinova Dilfuza — 2-o‘rinni egallab, tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com