OILAVIY TIBBIYOT VA ICHKI KASALLIKLAR KAFEDRASI
Ichki kasalliklar kafedrasi 1992-yilda tibbiyot fanlari nomzodi, oliy malakali toifali shifokor, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi Matjan Daljanov rahbarligida tashkil etilgan. 2004-yildan buyon kafedrani tibbiyot fanlari nomzodi, oliy malakali toifali shifokor, 1-sonli RKB allergologiya bo‘limi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh allergologi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi Menlimuratov Paraxat Tleumuratovich boshqarib kelayotgan edi.Shuningdek, kafedrani uzoq yillar bosh nefrolog, t.f.n., QR SSVda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi K.N.Mambetov boshqargan.2017-yildan 2023-yilgacha kafedrani A.O.Seytnazarova boshqargan.

Daljanov M.

Menlimuratov P.T

Mambetov K.N

Seytnazarova A.U
Kafedrada ko‘p yillar davomida oliy malakali kardiolog shifokor, RKD kardiologiya bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining xizmat ko‘rsatgan shifokori A.S. Ataniyazov, Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh gematologi, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy malakali shifokor, gematologiya bo‘limi mudiri U.K. Almaganbetova; Qozog‘iston Respublikasi terapevtlar avlodining faxriysi, o‘qituvchisi va ustozi, tibbiyot fanlari nomzodi, ToshDavTIning sobiq assistenti N.Ye. Yeshniyazov faoliyat olib borgan.
2004-yilda Ichki kasalliklar kursi negizida «Ichki kasalliklar va psixiatriya» kafedrasi tashkil etildi.
Kafedra assistentlari: Karimova G. A., Kunnazarova Z. U., Seytnazarova A. U., Jaybergenova J.B. Allambergenova Yu.M, Xoshmuratov D.B., Abadanov A.
Kafedrada 1, 2, 3, 4, 5, 6 kurs talabalari uchun quyidagi fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi: Ambulator poliklinik terapiya, oilaviy tibbiyot, ichki kasalliklar, ftiziatriya, kasb kasalliklari va mintaqaviy patologiya, gerantologiyada hamshiralik ishi. diyetologiya, terapiyada hamshiralik ishi, hamshiralik ishi menejmenti. O‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kafedra tomonidan har bir kurs uchun zaruriy o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. O‘quv bazalari Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining 2-sonli binosida joylashgan. O‘quv jarayoni takomillashtirilmoqda, o‘qitish darajasi va sifati oshirilmoqda, o‘qitishning zamonaviy texnologik usullari, darslik va qo‘llanmalarning elektron versiyalari, vaziyatli masalalar, videofilmlar, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar taqdimoti, mulyajlar joriy etilmoqda. Talabalar RKD, RIMM, Nukus shahar tibbiyot birlashmasining davolash va diagnostika bo‘limlarida va poliklinikalarda bemorlarni nazorat qiladilar, shuningdek, amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va mustahkamlash uchun mashg‘ulotlar klinik laboratoriyada (KMI simulyatsion markazi) o‘tkaziladi.
Hozirgi vaqtda kafedrada kardiologiya mutaxassisliklari bo‘yicha klinik ordinatorlar tayyorlanmoqda va o‘qitilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot to‘garagi talabalari institutda va respublikamizda o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etmoqdalar.
TTA, SamDavTI, BuxTI kabi boshqa institutlar bilan ilmiy va nazariy aloqalar o‘rnatilgan.
So‘nggi 5 yil mobaynida kafedra assistentlari tomonidan 30 dan ortiq ilmiy maqola chop etilgan bo‘lib, ularning 9 tasi xorijiy nashrlarda e’lon qilingan.

Hozirgi vaqtda kafedra mudiri t.f.d. A.U. Yermekbayeva