GENESIS XIRURGIYA KLUBINING OCHIQ ESHIKLAR KUNI O‘TKAZILDI
10.10.2026 Поделиться
Joriy yilning 9-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Genesis xirurgiya klubi tomonidan talabalar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir EMU universiteti va Toshkent davlat tibbiyot universitetlari bilan hamkorlik natijasida tashkil etilib, unda EMU universiteti OXTA kafedrasi mudiri Gulmanov Ilyich Djumabayevich, Toshkent davlat tibbiyot universitetining Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sayfiddin Hoji Kadriddin Shuhratovich hamda Toshkent davlat tibbiyot universitetining iqtidorli talabalari ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – talabalarning xirurgiya sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy jarrohlik yo‘nalishlari bilan tanishtirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

Tadbir davomida talabalar Genesis xirurgiya klubining faoliyati, uning asosiy yo‘nalishlari va seksiyalari bilan tanishdilar. Shuningdek, klub faoliyati, xirurgiya sohasidagi imkoniyatlar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.
Ushbu uchrashuv talabalarning o‘z kasbiy yo‘nalishlarini belgilashlari, tajribali mutaxassislar va iqtidorli talabalar bilan muloqot qilishlari hamda kelajakdagi kasbiy rivojlanishlari uchun muhim imkoniyat yaratdi.

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, EMU universiteti va Toshkent davlat tibbiyot universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik yosh tibbiyot mutaxassislarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot ta’limi sifatini oshirishga xizmat qiladi.

