“YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI” IJODIY TANLOVIGA TAKLIF ETAMIZ!
19.10.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash hamda san’at va adabiyotga qiziqishini oshirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” ijodiy tanlovi o‘tkaziladi.
🌟 Tanlov yo‘nalishlari:
🎨 “Yosh rassomlar” — tasviriy san’at orqali ijodiy g‘oya va qarashlaringizni namoyon eting!
✍️ “Eng yaxshi insho” — mustaqil fikringiz, yozma nutq mahoratingiz va ijodkorligingizni ko‘rsating!
📌 Tanlov mavzulari Vatanga muhabbat, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, milliy qadriyatlar, ma’naviyat, yoshlar hayoti va kelajak maqsadlarini qamrab oladi.
🏆 G‘oliblar diplom, faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari va boshqa rag‘batlantirish vositalari bilan taqdirlanadi.
📅 Sana: 20-oktabr
🕒 Vaqt: 15:00
📩 Murojaat uchun: @allayarismaylov
📞 Telefon: 90 660 77 02
